“Avstraliya uchun yurish” nomli mitinglar Sidney, Melburn va mamlakatning boshqa yirik shaharlarida bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda nashr.
Mitinglarda bir qator muxolif siyosatchilar jumladan, “One Nation” partiyasi senatori Polin Hanson va federal deputat Bob Katter ishtirok etdi. Avstraliya hukumati mitinglarni "o‘ta o‘ng kuchlar bilan bog‘liq" deb baholab, uning tashkilotchilarini "nafratni targ‘ib qilishda" aybladi.
ABC Australia ma’lumotiga ko‘ra, Sidneyda o‘tkazilgan mitingga 8 mingga yaqin odam yig‘ilgan. Polisiya butun shahar bo‘ylab yuzlab xodimlarni safarbar etganini bildirgan, ammo “jiddiy hodisalar” qayd etilmagan.
Norozilik ishtirokchilari orasida Avstraliyadagi taniqli neonasist Tomas Syuell ham bo‘lib, u parlament binosi zinapoyasidan turib olomonga murojaat qilgan.