Parad davomida Xitoyning gipertovushli raketalari namoyish etildi. Ular:
YJ-21: 1000-1500 km masofadagi nishonlarga zarba bera oladi. Uning samolyotdan uchiriladigan versiyasi 3000 kmgacha parvoz qiladi.
DF-17: G‘arb matbuoti tomonidan "AQSh aviatashuvchilari qotili" deb ataladigan mazkur raketa yuqori tezlik va manyovr imkoniyatlariga ega. Uning jangovar radiusi 1800-2500 kmni tashkil qiladi.
DF-26D: Ushbu raketa 50-100 km balandlikda parvoz qilib, 5000 km masofadagi nishonlarga zarba bera oladi.