Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Putin Zelenskiyga Moskvada uchrashishni taklif qildi

Putin Zelenskiyga Moskvada uchrashishni taklif qildi

"Zelenskiy bilan uchrashuv masalasiga kelsak, men bunday uchrashuvlarni rad etmaganman. Ammo bu uchrashuvlarning qandaydir ma’nosi bormi? Agar Zelenskiy tayyor bo‘lsa, Moskvaga kelsin, uchrashuv bo‘lib o‘tadi", — dedi Rossiya prezidenti Xitoyga tashrifining yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

Vladimir Putinning boshqa bayonotlari:

◾️ Biz har doim Ukrainaning NATO'ga kirishiga qarshi chiqqanmiz, ammo hech qachon uning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishini shubha ostiga qo‘ymaganmiz;

◾️ Har bir davlat, jumladan Ukraina ham, o‘z xavfsizlik tizimini mustaqil tanlash huquqiga ega. Biroq Ukrainaning xavfsizligi Rossiya xavfsizligi hisobiga ta’minlanishi mumkin emas;

◾️ Har bir davlat xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘lishi kerak, ammo bu hududlarni almashish bilan bog‘liq emas. Xavfsizlik kafolatlari evaziga hududlardan voz kechish masalasi hech qachon muhokama qilinmagan;

◾️ Agar odamlar referendumda Rossiya bilan bo‘lishni tanlagan bo‘lsa, buni hurmat qilish shart;

◾️ Xitoyning global boshqaruv tashabbusini alohida ta’kidlash kerak, bu juda muhim;

◾️ Xitoydagi uchrashuvlar formati xorijiy hamkasblar bilan norasmiy sharoitda muloqot qilish imkonini berdi;

◾️ Biz nihoyat Xitoy bilan “Sibir qudrati – 2” loyihasi bo‘yicha konsensusga erishdik. Gaz narxi bozor tamoyillari asosida belgilanadi. Kelajakda Rossiya Xitoyga yiliga 100 milliard kub metrdan ortiq gaz yetkazib beradi;

◾️ Yevropaning yetakchi iqtisodiyotlarida turg‘unlik kuzatilmoqda, ammo jahon iqtisodiyoti, ayniqsa Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, o‘sishda davom etmoqda;

◾️ Agar Ukraina hukumati legitim bo‘lishni xohlasa, referendum o‘tkazishi kerak, biroq harbiy holat sharoitida referendum o‘tkazib bo‘lmaydi. Ukraina bo‘yicha hududiy masalalar ham referendum orqali hal qilinishi mumkin, ammo buning uchun avval harbiy holat bekor qilinishi lozim;

◾️ Ukrainadagi fojea uchun G‘arb aybdor. Agar sog‘lom fikr ustun kelsa, Ukrainadagi mojaro bo‘yicha maqbul kelishuvga erishish mumkin, aks holda hammasini qurolli yo‘l bilan hal qilishga to‘g‘ri keladi;

◾️ Rossiya 2022 yilda Ukrainaga Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqib, mojaroni tugatishni taklif qilgan, ammo rus harbiylari Kiyev yaqinidan olib chiqilgach, Ukraina bu qarorini o‘zgartirgan. Shu tariqa, Rossiyaning Ukraina masalasini tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan barcha urinishlari puchga chiqqan;

◾️ Ukraina Konstitusiyasida prezident vakolatlarini uzaytirish mexanizmi umuman yo‘q;

◾️ Rossiya armiyasi barcha yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli hujum qilmoqda. Ukraina Qurolli kuchlari keng ko‘lamli hujum amaliyotlarini olib bora olmaydi, chunki ularning zahiralari tobora kamayib bormoqda;

◾️ Rossiya muzokara guruhiga rahbarlik qilayotgan Medinskiyning faoliyatidan mamnunman. Agar zarurat tug‘ilsa, muzokara guruhining darajasini oshirishga tayyormiz.

Kiritildi: 22:01 03.09.2025. O'qildi: 1389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!