Agar Germaniya mudofaa xarajatlarini qoplamaganida, NATO parchalanib ketgan bo‘lardi, deya fikr bildirdi Mers.
Germaniya kansleri Fridrix Mers mamlakatning ulkan mudofaa xarajatlari bo‘yicha qarori tufayli Nato saqlab qolinganini ta’kidlagan.
“Men Gaga shahrida bo‘lib o‘tgan NATO sammitida edim. Agar biz YAIMning 3,5 foizini mudofaa uchun, yana 1,5 foizini zarur infratuzilmaga sarflashga tayyor bo‘lmaganimizda, ehtimol, o‘sha kunning o‘zida NATO parchalanib ketgan bo‘lardi. Biz bu holatning oldini oldik”, degan Mers.