Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Putin harbiy jinoyatchi"

"Putin harbiy jinoyatchi"

Germaniya kansleri bu haqda Sat.1 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Putin harbiy jinoyatchi. U, ehtimol, davrimizning eng jiddiy harbiy jinoyatchisidir, uning harakatlariga keng miqyosda guvoh bo‘lmoqdamiz", — dedi Mers.

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Putinga hech qanday yon bosish kerak emas, chunki harbiy jinoyatchilar bilan bunday muomala qilinmaydi.

"Rossiya prezidenti hozircha Ukraina bilan sulhga borish yoki tinchlik kelishuvini imzolash uchun harakat qilmayapti. Biz buning uchun asoslar yaratishimiz zarur. Harbiy jihatdan bu qiyin bo‘ladi, lekin iqtisodiy tomondan buni iloji bor", — deya qo‘shimcha qildi Germaniya kansleri.

Kiritildi: 21:35 03.09.2025. O'qildi: 1121 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!