AQSh prezidenti Donald Trampning beqaror tashqi siyosati Xitoyning xalqaro maydondagi pozisiyasini mustahkamlamoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
AQShning ittifoqchilari va hamkorlari Vashingtonning xavfsizlik bo‘yicha majburiyatlariga ishonchsizlik bildira boshlagan va import bojlari joriy etilishidan norozilik bildirmoqda. Shu paytda esa dunyoning yetakchi rahbarlari Xitoyga tashrif buyurishmoqda.
🗣 «Dunyodagi to‘rt eng kuchli davlat rahbaridan uch nafari shu hafta Xitoyda uchrashib, to‘rtinchisi — Tramp boshchiligidagi AQSh tomonidan xalqaro tartibga yetkazilgan zararga qanday javob qaytarishni muhokama qilishadi», — deb yozadi nashr.
📍 SHHT sammiti 31 avgust — 1 sentyabr kunlari Tyanszinda bo‘lib o‘tadi. Unda 20 dan ortiq davlat rahbarlari va 10 ta xalqaro tashkilot yetakchilari ishtirok etadi.