Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Amerika xususiy harbiy kompaniyalari Ukrainada faoliyat yuritishi mumkin

Amerika xususiy harbiy kompaniyalari  Ukrainada faoliyat yuritishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainada Amerika xususiy harbiy kompaniyalarini (CHVK) jalb etish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri G‘arb hukumatlaridagi manbalariga tayangan holda xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, mazkur kompaniyalar Ukraina hududida harbiy bazalar va mustahkam inshootlar qurish, shuningdek, Amerika kompaniyalari va manfaatlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi. Bu g‘oya Trampning avvalgi va’dasi — Ukrainaga AQShning muntazam qo‘shinlarini yubormaslik — bilan muvofiq keladi va ma’lum bir "muvozanatli yechim" sifatida ko‘rilayotir.

Evropa rasmiylarining fikricha, CHVKlarning Ukrainadagi ishtiroki "Amerika izi" sifatida qaraladi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun tiyilish omili bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Beliy dom uchun esa bu siyosiy muvozanatni saqlash imkonini beradi. Chunki MAGA harakati (Trampni qo‘llovchi kuchli qanot) Amerika armiyasining chet eldagi harbiy ishtirokiga qarshi. Shu bilan birga, Tramp ittifoqchilarini tashlab qo‘ymayotganini ko‘rsatishi mumkin.

The Telegraph ta’kidlashicha, AQSh hozircha o‘z harbiylarini yuborishga tayyor emas, lekin Kiyevga quyidagi yo‘nalishlarda yordam berishda davom etadi:

  • harbiy yuk tashish va logistika;

  • HIMARS, Patriot, ERAM raketa tizimlari;

  • sun’iy yo‘ldosh orqali razvedka;

  • xalqaro missiyani muvofiqlashtirish uchun amerikalik general tayinlanishi mumkin (NATOning amaldagi qo‘mondoni Aleksus Grinkevich nomzod sifatida tilga olinmoqda).

Shuningdek, AQSh va Ukraina o‘rtasida imzolangan qazilma boyliklar va noyob yer metallariga oid kelishuvlar fonida CHVKlar orqali “amerikancha manfaatlarni himoya qilish” maqsadi ham ko‘zlanmoqda.

Bu usul Iroq va Afg‘onistonda qo‘llangan tajribaga o‘xshaydi, u yerda CHVKlar harbiy inshootlar qurgan va ularni muhofaza qilgan.

Kiritildi: 13:39 31.08.2025. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!