Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy “rashizm”ga rasmiy ta’rif beruvchi qonunni imzoladi

Zelenskiy “rashizm”ga rasmiy ta’rif beruvchi qonunni imzoladi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy “Tarixiy xotirani saqlash bo‘yicha davlat siyosati to‘g‘risidagi” qonunni imzoladi.

Qonunda ilk bor “Ukraina mustaqilligi uchun urush”, “tarixiy antiukrain targ‘iboti”, “ukrain xalqiga qarshi jinoyatlar”, kabi bir nechta tushunchalarga davlat darajasida rasmiy ta’rif berildi.

Shuningdek, hujjatda “rashizm” atamasi ham rasmiy ravishda ta’riflandi. Unda “rashizm” Rossiyada shakllangan nasistik totalitar tuzum asosidagi ideologiya va amaliyot sifatida qayd etilgan. Uning ildizlari rus shovinizmi, imperializmi hamda kommunistik va nasistik tuzumlar an’analari bilan bog‘lab ko‘rsatilgan.

Kiritildi: 13:23 31.08.2025. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!