Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh va Yevropa amerikalik xususiy harbiy kompaniyalarni Ukrainaga yuborish masalasini muhokama qilmoqda — The Telegraph

AQSh va Yevropa amerikalik xususiy harbiy kompaniyalarni Ukrainaga yuborish masalasini muhokama qilmoqda — The Telegraph

Gazetaning yozishicha, mazkur reja Trampning Kiyev nazorati ostidagi hududlarga AQSh muntazam qo‘shinlari joylashtirmasligi haqidagi va’dasi buzilmasligi uchun murosaviy yechim sifatida ko‘rilmoqda.

Nashr manbalariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning xususiy harbiy kompaniyalari Ukrainada oldingi chizig‘dagi mudofaa istehkomlarini tiklash, yangi harbiy bazalar qurish va amerikalik kompaniyalarni qo‘riqlash ishlarida qatnashishi mumkin. Shuningdek, ularning mavjudligi Vladimir Putinning erishiladigan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzishining oldini olish uchun tiyib turuvchi omil sifatida baholanmoqda.

"Bundan tashqari, Ukrainada xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan boshqa rejalar ham muhokama qilinmoqda. Yakuniy tafsilotlar, jumladan, havo patrullari missiyalari, harbiylarni tayyorlash va Qo‘shma Shtatlarning Qora dengizdagi mavjudligini ta’minlash bo‘yicha rejalar yaqin kunlarda e’lon qilinishi mumkin", deya yozmoqda The Telegraph.

Kiritildi: 12:47 31.08.2025. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!