AQSh va Hindiston munosabatlarining yomonlashishiga Tramp Modidan uni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatishini co‘rasgani sabab bo‘lgan.
Donald Tramp 17 iyun Narendra Modi bilan o‘tkazgan telefon suhbatida Pokiston uni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi ekanini aytgan va Hindiston ham xuddi shunday qilishi kerakligiga ishora qilgan, deya yozmoqda nashr.
Gazetaning suhbat tafsilotlaridan xabardor manbalariga ko‘ra, Modi Trampning bu so‘zlaridan jahli chiqqan hamda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga Qo‘shma Shtatlarning hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan.
Vaziyatni Tramp ma’muriyatining Hindistondan importga joriy etgan bojlari yanada murakkablashtirgan.
Shuningdek, The New York Times manbalariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Tramp bir necha marta Modi bilan bog‘lanishga urinib ko‘rgan, ammo Hindiston bosh vaziri AQSh prezidenti bilan telefon orqali suhbatdan bosh tortgan.