AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati AQSh Mudofaa vazirligi nomini Urush vazirligiga o‘zgartirish yo‘lini izlay boshladi.
Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) manbalarga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Tramp prezidentlikka qaytganidan so‘ng dastlabki haftalarda Pentagon departamentning avvalgi nomi va uning rahbari lavozimini qaytarish bo‘yicha “qonunchilik takliflari” ustida ishlay boshlagan.
Manbaga ko‘ra, ushbu qaror Kongress tomonidan ma’qullanishi kerakligi sababli Oq uy buni amalga oshirishning boshqa yo‘llarini izlay boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, Urush departamenti AQShda 1789 yildan 1947 yilgacha mavjud bo‘lgan.