Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar rahbarlarining Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitida ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketdi.
Bu haqda Haber Global xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya rahbari 1 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan tadbirda nutq so‘zlaydi.
Erdo‘g‘on sammit doirasida davlat va hukumat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.