Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Evropa Kengashi Bosh kotibining "mazasi qochdi"

Evropa Kengashi Bosh kotibining "mazasi qochdi"

Evropa Kengashi Bosh kotibi Alen Berset kasalxonaga yotqizildi, uning kelgusi haftada rejalashtirilgan tadbirlarda ishtirok etishi noaniqligicha qolmoqda.

Bu haqda Yevropa Kengashi saytida ma’lum qilindi.

"Evropa Kengashi bosh kotibi Alen Berset jumadan shanbaga o‘tar kechasi kasalxonaga yotqizildi. Uning ahvoli xavotirli emas, ammo ehtiyot chorasi sifatida u bir necha kun kuzatuv ostida qoladi", - deyiladi matbuot xabarida.

Qayd etilishicha, uning Bled strategik forumida (Bled — Sloveniyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi shahar) ishtiroki bekor qilingan, bu haqda Sloveniya rasmiylariga xabar berilgan.

Kiritildi: 09:40 31.08.2025. O'qildi: 1020 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!