AQSh Suriyadagi hukumatni o‘zgartirish niyatida emas.
Bu haqda AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili va Anqaradagi elchisi Tom Barak ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, AQSh ham Suriyaga qo‘shin jo‘natish niyatida emas: "Vashingtonning ustuvor yo‘nalishi terrorizmga qarshi kurashdir".
Diplomat, shuningdek, mamlakat kelajagi borasida amaldagi prezident Ahmad Al-Shaarga ishonishini ta’kidladi.
"Men unga ishonaman. Ishonchim komilki, uning maqsadlari biznikiga to‘g‘ri keladi. Bu Suriyada barqarorlikni ta’minlamoqda. Biroq turli etnik va diniy talablar bu jarayonni murakkablashtirmoqda", - deya ta’kidladi siyosatchi.