Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti Falastin ma’muriyati prezidenti Mahmud Abbosni kelasi oy Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMTning dunyo davlatlari yetakchilari yig‘ilishida qatnashishiga yo‘l qo‘ymayapti, deya yozmoqda agentlik.
Davlat departamenti rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, bu qaror natijasida Mahmud Abbos va Falastin ma’muriyatining yana qariyb 80 nafar rasmiysi vizadan mahrum qilinadi yoki ularning vizalari bekor qilinadi.
Mahmud Abbos Nyu-Yorkdagi BMT Bosh ofisi, Fransiya va Saudiya Arabistoni hukumatlari mezbonlik qiladigan sammitda ham qatnashishi kerak edi. Bu anjumanda Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya va Kanada kabi davlatlar Falastinni davlat rasman sifatida tan olishi rejalashtirilgan.
Reuters'ning yozishicha, 1947 yilda imzolangan “BMT shtab-kvartirasi to‘g‘risidagi kelishuv”ga ko‘ra, AQSh odatda xorijiy diplomatlarning Nyu-Yorkdagi BMT qarorgohiga kirishiga ruxsat berishi shart. Biroq Vashington xavfsizlik, ekstremizm va tashqi siyosat sabablarini ko‘rsatib vizani rad etishi mumkinligini bildirgan.