Norozilik namoyishlari 25 avgust kuni Jakartada indoneziyalik deputatlar har oy uy-joy xarajatlari uchun katta miqdorda kompensasiya olishlari haqidagi xabarlardan so‘ng boshlandi, deya xabar bermoqda nashr.
Muxolifat vakillariga ko‘ra, indoneziyaliklar narxlarning oshishi, soliqlar va ishsizlik darajasining yuqoriligidan aziyat chekayotgan bir paytda amaldorlarning uy-joyi uchun byudjetdan qo‘shimcha mablag‘lar ajratishlishi aholi noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Xabar berilishicha, namoyishchilarlar va polisiya to‘qnashuvlari Medan (Shimoliy Sumatra), Surakarta va Magelang (Markaziy Yava), Malang (Sharqiy Yava), Benkulu (Sumatra orolidagi Benkulu provinsiyasi), Pekanbaru (Sumatradagi Riau provinsiyasi) va Manokvari (G‘arbiy Papua) shaharlarida ham qayd etilgan.
Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan, namoyishchilar esa yog‘och tayoqlar bilan qarshilik ko‘rsatgan. Birgina Jakartaning o‘zida 951 kishi hibsga olingan.
"Namoyishchilar kecha, 29 avgust kuni kechqurun Janubiy Sulavesi provinsiyasi markazi Makasar shahrida mahalliy parlament binosini yoqib yuborgan. Bugun ertalab qutqaruvchilar binodan uch kishining jasadini olib chiqqan. Yana besh kishi kuyish va suyak sinishi jarohatlarini olgan", deya xabar bermoqda Associated Press.