Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiya Isroil bilan barcha aloqalarini to‘xtatdi, havo hududi yopildi

Turkiya Isroil bilan barcha aloqalarini to‘xtatdi, havo hududi yopildi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Isroil bilan barcha iqtisodiy va savdo aloqalari to‘liq uzilganini va endilikda mamlakat havo hududi Isroil samolyotlari uchun yopilganini e’lon qildi. Bu haqda Anadolu Ajansı nashri xabar berdi.

"Dunyoda sanksiyalar bo‘yicha Turkiyadan ortiq qadam tashlagan boshqa davlat yo‘q. Biz ko‘plab diplomatik, qonuniy va tijoriy chora-tadbirlarni amalga oshirdik. Isroil kemalari boshqa hech bir portga kirishiga izn yo‘q. Biz Isroilga qurol va o‘q-dorilar olib ketayotgan konteyner kemalarining portlarimizga kirishiga ham, havo hududimizga kirishiga ham ruxsat bermaymiz”—deydi vazir Fidan.

Shuningdek, Isroilning G‘azo hududi, Livan, Yaman, Suriya va Eronga nisbatan qilayotgan hujumlari butun xalqaro hamjamiyatga qarshi amalga oshirilayotgan terroristik hujum sifatida baholangan. Bu harakatlar mintaqa xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda, deyiladi xabarda.

2024 yilning may oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ham G‘azo urushi tufayli Isroil bilan savdo aloqalari to‘xtatilishini, 13 noyabrida esa Turkiya Isroil bilan diplomatik aloqalarini rasman to‘xtatganini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 13:58 30.08.2025. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!