Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Malayziyada murakkab ahvolga tushib qolgan ikki nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga olib kelinadi

Malayziyada murakkab ahvolga tushib qolgan ikki nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga olib kelinadi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Malayziya deportasiya markazida saqlanayotgan va murakkab ahvolga tushib qolgan ikki nafar vatandoshimiz yurtimizga qaytariladi.

Ushbu insonparvarlik ko‘magi mamlakatimizda e’lon qilingan 30 iyuldan 30 avgustgacha bo‘lib o‘tayotgan "Vatanga qaytarish" aksiyasi doirasida amalga oshirilyapti.

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Malayziya Ichki ishlar vazirligi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda deportasiya markazidagi Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan vatandoshimiz M.YU.ni tez kunlarda O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Yurtdoshimizning pasporti yo‘qligi sababli unga elchixona tomonidan Vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib berildi va uning yaqinlari ko‘magida "Kuala-Lumpur – Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha aviareysga aviachipta xarid qilindi.

Shuningdek, "Vatanga qaytarish" aksiyasi doirasida Kuala-Lumpur shahrida murakkab vaziyatda qolib ketgan Samarqand viloyatida tug‘ilgan fuqaro J.M.ga ham ko‘mak berildi.

Diplomatik vakolatxona J.M.ga Malayziya IIV Migrasiya departamenti tomonidan mamlakatni tark etish uchun maxsus ruxsatnoma olishda amaliy yordam ko‘rsatdi.

Kuala-Lumpurdagi vatandoshlarimiz tez kunlarda O‘zbekistonga, ya’ni o‘z oilalari bag‘riga qaytariladi.

Kiritildi: 13:47 30.08.2025. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!