Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Venesuela yaqiniga yettita harbiy kema yubordi – Axios

Tramp Venesuela yaqiniga yettita harbiy kema yubordi – Axios

AQSh harbiy-dengiz kuchlari yettita kemani “narkotrafikka qarshi kengaytirilgan operasiya” doirasida Karib dengizining janubiy qismiga, ya’ni Venesuela sohillari yaqiniga yuborgan, deya yozmoqda nashr Pentagondagi manbalariga tayanib.

Axios manbalariga ko‘ra, kemalarning soni yettita bo‘lib, ularning orasida Tomahawk raketalari bilan jihozlangan 3 ta esmines, Ticonderoga sinfidagi kreyser va zarba beruvchi suv osti kemasi bor. Operasiyada taxminan 4,5 ming harbiy xizmatchi, jumladan 2,2 ming dengiz piyodalari ishtirok etadi.

"Qo‘shma Shtatlarning Karib havzasidagi operasiyasiga rasmiy sabab sifatida narkokartellarga qarshi kurash ko‘rsatilgan, biroq bu ko‘proq Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hokimiyatdan chetlatishga tayyorgarlikka o‘xshaydi", deyiladi Axios xabarida.

Kiritildi: 11:44 30.08.2025. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!