Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Evropa Isroilga qarshi haqiqiy sanksiyalar tayyorlamoqda

Evropa Isroilga qarshi haqiqiy sanksiyalar tayyorlamoqda

Evropa Ittifoqi Tel-Avivga qarshi kamida o‘nta sohada, jumladan savdo va ta’lim sohasida choralar ko‘rishga tayyorlanmoqda.

Evropa Ittifoqi rahbarlari G‘azo urushi sabab Isroilga qarshi aniq choralar ko‘rishga bosim ostida. 29 avgust kuni Irlandiya Tashqi ishlar vaziri Saymon Xarris jurnalistlarga Yevropa endi faqat so‘z bilan qoralashdan amaliy harakatlarga o‘tishi kerakligini aytdi.

U savdo, moliya va siyosiy aloqalar kabi o‘n yo‘nalishda cheklovlar joriy etishni taklif qildi.

Xarris ta’kidlaganicha, Yevropa Ittifoqi Isroil bilan assotsiatsiya kelishuvi va boshqa shartnomalarni qayta ko‘rib chiqishda inson huquqlari standartlari bajarilishini ta’minlashi kerak.

Vazir shuni alohida ta’kidladiki, ayrim Yevropa davlatlarining sabr qilish chaqiruvlariga qaramasdan, Isroil siyosatini o‘zgartirmadi va yuzlab falastinliklarni o‘ldirishda davom etmoqda.

«Dunyo Yevropani kuzatyapti, u harakat qilishga tayyormi, deb bilish uchun», — dedi Xarris Kopengagen shahrida Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar va mudofaa vazirlari norasmiy yig‘ilishida ishtirok etar ekan.

Xarris ta’kidlashicha, taklif etilgan choralar urush harakatlarini to‘xtatishga va G‘azoga gumanitar yordam yetkazishni ta’minlashga qaratilgan. U ushbu cheklovlarni barcha Yevropa davlatlari bilan muhokama qilishga va’dalar berdi.

Uning chaqirig‘ini Shvetsiya va Niderlandiya qo‘llab-quvvatladi. Bu ikki davlat Isroil vazirlari va G‘arbiy Sohilda noqonuniy bosqinchilikka aloqador noqonuniy ko‘chmanchilarni nishonga olgan maqsadli sanksiyalar joriy etishni ham talab qilmoqda.

Shuningdek, ular Yevropa Ittifoqi va Isroil o‘rtasidagi savdo kelishuvidan sanoat va qishloq xo‘jaligiga oid ayrim bandlarni to‘xtatishni talab qilmoqda, deb xabar beradi AFP. Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Mariya Malmer Stenergard sanksiyalar yahudiy bosqinchiliklarini kengaytirgan vazirlarga «qiinchiliklar» yaratishi kerakligini ta’kidladi.

Evropa Ittifoqi ushbu takliflarni 30 avgust kuni Kopengagen shahridagi tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida muhokama qiladi. Ittifoq a’zolari sanksiyalar masalasida hanuz bo‘linib qolmoqda. O‘tgan oy davlatlar Isroilga qarshi choralar bo‘yicha kelisha olmagan edi. Ammo Yevropa tashqi siyosat rahbari Kaya Kallas boshchiligidagi mulozimlar ogohlantirishicha, agar Isroil G‘azoda gumanitar majburiyatlarini bajarmasa, Bryussel qarorni qayta ko‘rib chiqadi.

Kiritildi: 11:04 30.08.2025. O'qildi: 826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!