Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

ChatGPT o‘smirga o‘z joniga qasd qilishda yordam bergan

ChatGPT o‘smirga o‘z joniga qasd qilishda yordam bergan

16 yoshli Adam Reyn o‘z joniga qasd qildi. Ota-onasi uning telefonini tekshirib, ChatGPT bilan bir necha kunlik yozishmalarni topishdi. U yerda sun’iy intellekt-bot nafaqat o‘lim haqidagi suhbatlarni qo‘llab-quvvatlagan, balki o‘z joniga qasd qilish usullarini ham ko‘rsatib bergani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, yigit o‘z xonasida ilgak osib qo‘yib, ota-onasi uni ko‘rib qolib, uni to‘xtatishini xohlaganida, ChatGPT uni bu fikridan qaytargan.

Adam, shuningdek, ikkita vasiyatnomaga o‘xshash xayrlashuv xati yozgan va ularni yozishda ham botdan maslahat olgan. Masalan, ChatGPT unga «Sen boshqalar uchun yashashga majbur emasan» degan iborani ishlatishni taklif qilgan.

O‘limida bir necha soat oldin o‘smir chat-botga o‘z joniga qasd qilish rejasi tushirilgan rasmni yuklab, maslahat so‘ragan. ChatGPT uni tahlil qilib, rejani yanada «mukammallashtirish» bo‘yicha takliflar bergan. Ertalab esa ota-onasi uning jasadini topishgan.

Marhumning qarindoshlari OpenAI kompaniyasiga qarshi sudga da’vo kiritishdi. Bu ish kompaniya tarixidagi eng shov-shuvli sud jarayonlaridan biriga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 10:00 30.08.2025. O'qildi: 929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!