Nashrning ismi oshkor etilmagan yevropalik diplomatlarga tayanib xabar berishicha, bu taklif Kiyevning Yevropadagi ittifoqchilari tomonidan urushdan keyingi ssenariy yoki o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvlari doirasida ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiylar bufer zonaning qancha kenglikda bo‘lishi masalasida turlicha fikrda, ammo uning kengligi 40 km atrofida bo‘lishi mumkinligi tilga olingan. Shu bilan birga, Ukrainadagi vaziyatni ikki Koreya o‘rtasidagi demilitarizasiya zonasiga qiyoslashdan qochishmoqda va bufer zona masalasida ko‘proq urushdan keyingi Germaniya tajribasiga murojaat qilishni afzal ko‘rishmoqda.
"Taklifning murakkab qismlaridan biri sifatida bufer hududni patrul qilish uchun zarur bo‘ladigan tinchlikparvarlar miqdori ko‘rsatilgan, ularning soni 60 ming kishiga yaqin bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Kiyev bunday hududiy yon berishlarga rozi bo‘ladimi-yo‘qmi, hozircha noma’lum", deya yozmoqda Politico.
Nashrning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar bu muhokamalarda ishtirok etmayapti.