Bu qaror Isroil armiyasi shaharga keng miqyosli hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda qabul qilindi.
Nashrning xabar berishicha, G‘azoda gumanitar tashkilotlar aholiga yordam yetkazishi uchun joriy qilingan “taktik tanaffuslar” bekor qilindi. Bu tanaffuslar shahar bo‘ylab iyul oyi oxiridan beri amal qilib kelayotgan edi. O‘shanda ocharchilik haqidagi ko‘plab xabarlar fonida Isroil gumanitar yordam yetkazishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlagandi.
Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) bayonotiga ko‘ra, G‘azo sektori HAMAS guruhining so‘nggi tayanch nuqtalaridan biri hisoblanadi, shuning uchun shahar Isroil nazorati ostiga olinishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Shu bilan birga, ko‘plab xalqaro tashkilotlar G‘azo shahrida jang olib borishning jiddiy oqibatlaridan ogohlantirmoqda, chunki bu yerda butun sektorning muhim ahamiyatga ega infratuzilma ob’ektlari va tibbiyot muassasalari joylashgan.