Wall Street Journal yozishicha, AQSh hukumati muhojirlarning ijtimoiy tarmoqlarini tekshirishni rejalashtirmoqda.
Arizalar ko‘rib chiqilganda «Amerikaga qarshi» bayonotlar va terrorchilikka aloqadorlikka alohida e’tibor qaratiladi. Ammo qanday bayonotlar «Amerikaga qarshi» hisoblanishi aniq ko‘rsatilmagan.
AQSh davlat departamenti: “Agar siz Amerikani yomon ko‘rsangiz, Amerikada yashashga urinmang”.
Shu bilan birga, davlat departamenti 55 mln viza egalarini tekshirmoqda. Qonunbuzarlik aniqlansa, viza bekor qilinadi va chet elliklar deportasiya qilinishi mumkin.