"Meni hibsga olishganining sababi bu Fransiya polisiyasining xatosi edi. 2024 yil avgustigacha ular Fransiya va Yevropa qonunlarini mensimagan, Telegram'ga so‘rov yuborish uchun zarur bo‘lgan qonuniy tartibga rioya qilmagan. To‘g‘ri tartibni bilish uchun ularga shunchaki Google orqali qidirish yoki so‘rash kifoya edi", — deb yozdi Durov o‘zining Telegram kanalida.
Durovning so‘zlariga ko‘ra, u o‘shanda noma’lum shaxslar messenjerdan jinoyatlarni muvofiqlashtirish uchun foydalangani sababli 4 kunga ushlab turilgan.
"Platforma foydalanuvchilarining harakatlari uchun uning bosh direktorini hibsga olish huquqiy va mantiqiy jihatdan mutlaqo g‘alati edi", — deya ta’kidladi u.
Durovning qo‘shimcha qilishicha, bu “g‘alati hibs”dan bir yil o‘tgach ham, u har 14 kunda Fransiyaga qaytib borishga majbur, shu bilan birga apellyasiya hali ham mavjud emas.
"Mening hibsga olinishimning yagona natijasi — Fransiyaning erkin mamlakat sifatidagi imijiga katta putur yetganidir. Ammo bitta narsa aniq: biz kurashni davom ettiramiz — va g‘alaba qozonamiz", — dedi Telegram asoschisi.