Bugun 27 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘azoda halok bo‘lgan jurnalistlar soni 240 nafarga yetdi

G‘azoda halok bo‘lgan jurnalistlar soni 240 nafarga yetdi

2023 yil oktyabr oyidan beri G‘azo sektorida kamida 240 jurnalist halok bo‘ldi.

Bu haqda "TASS" agentligi xabar bermoqda.

"G‘azoda qurolli mojaro boshlanganidan beri halok bo‘lgan OAV xodimlari soni 240 nafarga yetdi”, — deyiladi departament o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilingan bayonotda.

4 avgust kuni yetakchi jahon ommaviy axborot vositalarining yuzdan ortiq jurnalisti matbuotga hech qanday shartlarsiz G‘azo hududiga kirishga ruxsat berish talabi bilan petisiyaga imzo chekdi. Hujjatda qayd etilganidek, “xorijiy jurnalistlarning Falastin anklaviga cheksiz va mustaqil kirishi” nafaqat urush jinoyatlarini qayd etish, balki urushayotgan tomonlarning mojaro haqidagi haqiqatni buzib ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham zarurdir. Bayonotda, shuningdek, agar jurnalistlar talablari Isroil rahbariyati va Falastinning HAMAS harakati yetakchilari tomonidan e’tiborsiz qolsa, OAV xodimlari “hech qanday qonuniy yo‘l bilan” ruxsasiz G‘azoga kirishga harakat qilishlari aytilgan.

Kiritildi: 12:00 24.08.2025. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!