Bugun 25 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiya prezidenti rafiqasi Emine Erdo‘g‘an AQShning birinchi xonimiga G‘azodagi bolalarning ahvoli haqida xat yozdi

Turkiya prezidenti rafiqasi Emine Erdo‘g‘an AQShning birinchi xonimiga G‘azodagi bolalarning ahvoli haqida xat yozdi

Turkiya prezidentining rafiqasi Emine Erdo‘g‘on AQSh rahbari Donald Trampning rafiqasi Melaniya Trampga maktub yo‘lladi.

Anadoluning xabar berishicha, Emine Erdo‘g‘an o‘z maktubida Melaniya Trampdan G‘azo sektoridagi bolalarning taqdiriga ham xuddi ukrainalik bolalarga bo‘lgani kabi e’tibor qaratishni so‘ragan.

Emine Erdo‘g‘an Melaniya Trampning Rossiya prezidenti nomiga yozgan xatini eslatib, barcha bolalarning azob-uqubatlari bir xil qabul qilinishi lozimligini ta’kidlagan.

"Erdo‘g‘an xonim, shuningdek, Melaniya Trampga Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga xuddi shunday murojaat yo‘llab, uni G‘azodagi gumanitar inqirozni tugatishga chaqirishni taklif etdi", deya xabar bermoqda Anadolu.

Kiritildi: 22:55 23.08.2025. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!