Bugun 26 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish uchun uchta tender e’lon qilindi

O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish uchun uchta tender e’lon qilindi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligi huzuridagi O‘rmon va yashil hududlarni kengaytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida uchta tender e’lon qildi. Barcha tartiblar ingliz tilida tashkil etilgan, takliflar 2025-yil 26-sentyabr Toshkent vaqti bilan soat 15:00 gacha qabul qilinadi.

Birinchi tender o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari va tuproq ishlari uchun og‘ir texnika hamda traktorlar yetkazib berishga qaratilgan. Gap o‘rmon plantasiyalarini kengaytirish, ularni parvarish qilish va cho‘llanishga moyil hududlarda melorativ tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy ixtisoslashtirilgan texnika haqida bormoqda. Xarid mashinalar parkini yangilashga qaratilgan bo‘lib, bu ish samaradorligini oshiradi va o‘rmon xo‘jaligining barqaror usullarini joriy etishni tezlashtiradi.

Ikkinchi tender uchta lotga bo‘linib, qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berishga tegishli. Ro‘yxatga ekinlarni parvarish qilish, biomassani qayta ishlash va undan keyingiy foydalanish uchun zarur bo‘lgan uskunalar, shuningdek, dala ishlari uchun uskunalar kiradi. Shunday qilib, sotib olish o‘rmon xo‘jaligi korxonalarini kompleks jihozlar bilan ta’minlash, innovasion boshqaruv usullarini qo‘llash uchun sharoit yaratish va restavrasiyaga jalb qilingan yerlarning unumdorligini oshirish imkonini beradi.

O‘rmon xo‘jaligi uchun yo‘ltanlamas xizmat avtomashinalarini sotib olish uchun uchinchi tender e’lon qilindi. Ushbu avtomashinalar olis hududlardagi o‘rmonchilar va mutaxassislarning tezkor ishlarida foydalaniladi, bu ayniqsa monitoring, patrullik va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega. Ishonchli transport xodimlarning harakatchanligini va sharoit qiyin bo‘lgan joylarda ish samaradorligini oshiradi.

Har uchala tender o‘rmon xo‘jaligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kompleks dasturining bir qismi bo‘lib, o‘rmon ekosistemalarini tiklash va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishga bevosita xizmat qiladi. Ekologiya vazirligi mamlakatimiz va xorijiy ishlab chiqaruvchilar hamda yetkazib beruvchilarni tanlovlarda ishtirok etishga taklif qiladi, batafsil ma’lumotlar Agentlikning rasmiy veb-saytida ko‘rsatigan havolalarda keltirilgan.

Kiritildi: 20:29 23.08.2025. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!