O‘zbekiston terma jamoasi yangi bosh murabbiy masalasi 27 avgust kuni hal bo‘lishi mumkin. Bu haqda jurnalist Jaloliddin Qobiljonov o‘z telegram-kanalida xabar berdi.
Uning yozishicha, portugaliyalik Paulo Bentu vakillari yakuniy muzokaralarni o‘tkazish uchun Toshkentga kelishi kutilmoqda.
56 yoshli Bentu shu vaqtga qadar Portugaliya, Janubiy Koreya va BAA terma jamoalarida, shuningdek "Sporting", "Kruzeyro", "Olimpiakos" va "Dangdai Lifan" kabi klublarda ishlagan.
U BAA terma jamoasidan 26 mart kuni iste’foga chiqarilganidan buyon ishsiz.