Ekologiya vazirligining Chiqindilarni boshqarish agentligi tomonidan Samarqandda tashkil etilgan press-turda Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Anvarjon Biznes invest” sanitar tozalash korxonasi misolida qayta ishlash faoliyati bilan tanishtirildi.
Ma’lumot uchun: Respublika bo‘yicha chiqindilarni qayta ishlovchi jami 270 ga yaqin korxona mavjud. Birgina 2024 yilda respublika bo‘yicha yig‘ilgan 14 mln tonna chiqindining 5,2 foizi qayta ishlangan.
Mazkur korxona 2015 yildan beri faoliyat olib borayotgan bo‘lib, rahbari Gulmira Jumayeva unda 426 ta ish o‘rni yaratilgan. Shundan, 120 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj daftarlarga kiritilgan aholi ish bilan ta’minlangan.
Korxona Kattaqo‘rg‘on shahri hamda Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Paxtachi tumanlariga sanitar tozalash xizmatini ko‘rsatadi. Unda hududda mavjud jami 207 MFYdagi 100 foizda 700 ming nafar aholi qamrovga olingan. Jarayonga 90 texnika jalb qilingan bo‘lib, to‘liq GPS onlayn tizimiga ulangan.
Korxona tomonidan 4 ta hududda bir kunda 280 tonna chiqindi olib chiqilib, shuning 20 tonnasi qayta ishlanadi. Birgina 2025 yilning 6 oyi davomida 50 ming 400 tonna olib chiqilgan chiqindining 3 600 tonnasi qayta ishlangan.
Korxonaning 8 ta zavodida plastik, polimer, metall, shisha, rezina, karton-qog‘oz va boshqalar kabi 13 turdagi chiqindini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirkor Gulmira Jumayevaning ushbu soha rivojidagi shijoati, tashabbuslari bilan ajralib turadi.