“Uzbekistan Airports” AJ buyurtmasi bilan o‘tkazilgan 6,8 mlrd so‘mlik “bodi-kameralarni yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish xizmati” bo‘yicha davlat xaridida qator qonunbuzilishlar aniqlandi.
O‘rganish davomida, takliflar to‘liq va xolis baholanmagani,
o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etgani, baholash jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani tasdiqlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilindi va noqonuniy davlat xaridining oldi olindi.
Jamlangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.