Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishi nafaqat davlat byudjeti barqarorligi, balki tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy faoliyati hamda moliyaviy intizomini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Qarzdorliklarning ortib borishi esa iqtisodiy jarayonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, umumiy taraqqiyotga to‘siq bo‘lishi mumkin.
Shu boisdan, Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan soliq organlari bilan hamkorlikda qarzdorliklarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Byuroning Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga qarzdor “T.V.K” xususiy korxonasidan davlat foydasiga jami 3 milliard so‘m miqdoridagi qarzni undirish yuzasidan soliq organining qarori kelib tushgan.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida mazkur qarzdorlik korxona tomonidan naqd pul shaklida to‘liq qoplanishi ta’minlandi.
Bu kabi ishlar orqali davlat byudjetiga qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirilib, qonun ustuvorligi va moliyaviy intizom ta’minlanmoqda.