20 avgust kuni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Turkiya prezidenti ma’muriyati qoshidagi Axborot aloqalari boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar Alyaskada o‘tgan sammit yakunlari, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarga oid masalalarni muhokama qildilar. Suhbat chog‘ida iqtisodiy va energetika sohalarida hamkorlikni kuchaytirish hamda siyosiy muloqotni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.