Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbek-qozoq chegarasida 450 metrli yerosti yo‘li topildi

O‘zbek-qozoq chegarasida 450 metrli yerosti yo‘li topildi

2025 yil 18 avgust kuni Turkiston shahrida ayni paytdagi eng yirik kontrabanda ishi bo‘yicha hukm chiqarildi. Bu haqda 20 avgust kuni viloyat sudi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Zakon.kz.

Ma’lumotga ko‘ra, Turkiston viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha maxsuslashtirilgan tumanlararo sudi tomonidan 5 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Ularga quyidagi ayblovlar qo‘yilgan:

  • transmilliy uyushgan jinoiy guruhni tuzish va unga rahbarlik qilish, unda ishtirok etish;
  • neft mahsulotlarini yirik hajmda o‘g‘irlash, saqlash, tashish va sotish;
  • davlat chegarasi orqali neft mahsulotlarini noqonuniy tashish va sotish.

Sud hukmiga ko‘ra, guruh rahbari K. 15 yilga, I., A., M. va Ye. esa 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Shuningdek, davlat foydasiga ulardan olingan 3 million tenge pul, 16 ming litr AI-92 markali benzin hamda «ZIL» va «GAZ» rusumli yuk mashinalari musodara qilindi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil iyulda K. moddiy ahvolini noqonuniy yo‘l bilan yaxshilash maqsadida, O‘zbekistonda benzin narxi yuqori ekanini bilib, o‘zining tanishi – O‘zbekiston fuqarosi R. bilan til biriktirgan.

K. guruhni boshqarib, ayblanuvchilar Ye., I., A., M. hamda boshqa shaxsi aniqlanmagan O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilgan. Ularga vazifalarni taqsimlab, Sariag‘ash tumani Sarqirama qishlog‘ida, xo‘jalik hovlisi hududida yer osti quvurini qurishgan. Quvurning bir qismi Qozog‘iston, ikkinchi qismi esa O‘zbekiston hududiga chiqarilgan.

2024 yil avgustidan dekabrigacha ular bojxona nazoratidan chetlab o‘tib, chegara orqali 420 tonnadan ortiq AI-92 benzinini noqonuniy ravishda olib o‘tgan. Uning bozor qiymati 112 million 512 ming tenge deb baholangan.

Kiritildi: 18:23 20.08.2025. O'qildi: 1069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!