Hindiston AQSh tomonidan joriy qilingan bojlar ortidan Rossiyadan neft xaridini qisqartirdi — ammo bu bo‘shliqni darhol Xitoy to‘ldirdi.
Bloomberg’ning bozor ma’lumotlariga tayanip xabar berishicha, Xitoydagi neftini qayta ishlovchi zavodlar Hindiston sotib olishdan voz kechgan Rossiya neftini faol tarzda xarid qilmoqda. Bu vaziyat Osiyodagi neft oqimlarini o‘zgartirib yubordi va Pekinga Rossiyaning g‘arbiy hududlaridan Urals markali neftini ko‘proq xarid qilish imkonini berdi.
Avval Xitoy Rossiya neftining eng yirik xaridori bo‘lgan va asosan Uzoq Sharq orqali yetkazib beriladigan xomashyoni olgan. Biroq avgust oyida Boltiqbo‘yi va Qora dengiz orqali Urals yetkazib berish hajmi kuniga 75 ming barrelgacha oshdi — bu yil davomida kuzatilgan o‘rtacha 40 ming barrelga nisbatan deyarli ikki barobar ko‘p. Shu bilan birga, Hindistonning importi 400 ming barrelgacha tushib ketdi — holbuki iyulda bu ko‘rsatkich 1,18 million barrelni tashkil qilgan edi.
Muttaxassislarning fikricha, aynan AQShning savdo siyosati bu muvozanatsizlikka sabab bo‘lgan. Avgust boshida Oq uy Hindistonga nisbatan boj stavkalarini ikki barobar oshirdi — Rossiya neftini xarid qilishda davom etayotgani uchun jazolagan holda. Ammo ayni chora-tadbirlar Xitoyga nisbatan qo‘llanilmadi — savdo sohasidagi mo‘rt kelishuvni saqlab qolish maqsadida. Natijada Xitoy neftini qayta ishlovchi kompaniyalari ilgari Hindiston xarid qilgan hajmlarga erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
"Xitoydagi NQZlar (neftini qayta ishlovchi zavodlar) qulay holatda va Rossiya neftini xarid qilishni davom ettirishi mumkin", — dedi. Uning aytishicha, Urals markali neft Yaqin Sharqdagi navlarga qaraganda raqobatbardosh — bunga asosiy sabab Rossiya tomonidan berilayotgan katta chegirmalar va qulay, arzon logistika tizimi.
📦 Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy kompaniyalari allaqachon oktyabr-noyabr oylarida yetkazib beriladigan 10–15 ta Urals partiyasini band qilib qo‘ygan. Hozirning o‘zida Chjoushan sohillarida 2 million barrel neft ortilgan ikki tanker turibdi.
💵 Urals nefti hozirda Brent markasidan taxminan $1 qimmatroq savdolashmoqda — bu esa yuqori talabni ko‘rsatadi.
📉 Shu bilan birga, Hindiston qayta ishlovchilari deyarli faollik ko‘rsatmayapti. Ayrimlari takliflarni ko‘rib chiqayotgan bo‘lsa-da, ko‘pchiligi AQSh bosimi tufayli xavotirda.
Ekspertlar ogohlantiradi: agar Xitoy har qanday sababga ko‘ra xaridni kamaytirsa, Rossiya neftiga yangi xaridorlar topish uchun narxlarni yanada tushirishga majbur bo‘ladi.