Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina Rossiyadan $300 milliardlik kompensasiya talab qildi

Ukraina Rossiyadan $300 milliardlik kompensasiya talab qildi

Ukraina hukumati Rossiya tomonidan urush davomida yetkazilgan barcha zararni qoplash uchun G‘arb mamlakatlarida muzlatib qo‘yilgan $300 milliardlik Rossiyaga tegishli aktivlar hisobiga to‘lov amalga oshirilishini talab qilmoqda. Bu haqda Financial Times nashri hukumat hujjatiga tayanab xabar berdi.

📌 Hujjatda qayd etilishicha, sanksiyalarni yumshatish faqat Moskva kelgusida tuziladigan tinchlik kelishuvlariga rioya qilgan taqdirdagina ko‘rib chiqilishi mumkin.

🔹 Shu bilan birga, Kiyev Vashingtonga quyidagi shartlar bilan yangi taklif bilan chiqqan:

  • Ukraina $100 milliardga teng amerikalik qurollarni xarid qilishga tayyor (asosiy moliyalashtiruvchi — Yevropa).

  • Kelishuvdan keyin AQSh tomonidan xavfsizlik kafolatlari berilishi kerak.

  • Bundan tashqari, AQSh va Ukraina kompaniyalari o‘rtasida $50 milliardlik qo‘shma dron ishlab chiqarish loyihasi ham taklif etilgan.

🗓 18-avgust kuni Prezident Vladimir Zelenskiy Oq uyda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Uchrashuvda Yevropa yetakchilari — Ursula fon der Lyayen, Fridrix Mers, Emmanuel Makron, Jorjiya Meloni hamda NATO bosh kotibi Mark Ryutte ham ishtirok etdi.

📌 Ukraina oldindan AQSh qurol sanoatini qo‘llab-quvvatlovchi Tramp siyosatiga asoslanib, qurol xaridlariga oid paketni tayyorlagan. Tramp avvalroq shunday degan edi: “Biz hech kimga bepul hech narsa bermaymiz — biz qurol sotamiz.”

🚫 Shu bilan birga, Ukraina o‘zining “qizil chiziqlari”ni belgilab qo‘ygan: hech qanday hududiy yon berish bo‘lmaydi. Hujjatda Vladimir Putinning front chizig‘ini “muzlatish” evaziga Ukraina qo‘shinlarini Donesk va Luganskdan olib chiqish taklifi rad etilgan.

🇪🇺 Yevropa rahbarlari esa Trampdan muzokaralarga kirishishdan oldin darhol o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilgan. Germaniya kansleri Fridrix Mers: “Kelgusi uchrashuvni sulhsiz tasavvur qila olmayman. Rossiyaga bosim bo‘lishi kerak,” — deya ta’kidlagan.

🇺🇸 Biroq Tramp bu fikrga qo‘shilmadi va avval keng qamrovli bitimga erishmoqchi ekanini bildirdi.

Kiritildi: 15:44 19.08.2025. O'qildi: 1030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!