Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Venesuela qirg‘oqlariga narkotrafikka qarshi kurash uchun esmineslar yubordi — Reuters

AQSh Venesuela qirg‘oqlariga narkotrafikka qarshi kurash uchun esmineslar yubordi — Reuters

Agentlikning xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar Venesuela qirg‘oqlariga Lotin Amerikasi narkokartellari tahdidlariga qarshi kurashish maqsadida Aegis boshqariladigan raketalari bilan jihozlangan uchta esmines yuborgan.

Ismini oshkor qilmagan amerikalik amaldorning Reuters'ga ma’lum qilishicha, Donald Tramp ma’muriyati Karib havzasining janubiy qismida o‘tkazishni rejalashtirayotgan operasiyalarda kemalar ekipajlari va dengiz piyodalarini qo‘shib hisoblaganda qariyb 4000 kishi jalb qilinadi.

"Kengroq hududda qo‘shimcha kuchlar ham joylashtiriladi, jumladan bir nechta P-8 razvedka samolyotlari, harbiy kemalar va kamida bitta suvosti kemasi bo‘ladi. Bu vositalar faqat razvedka va kuzatuv uchun emas, balki aniq zarbalar berish uchun ham qo‘llanishi mumkin", deyiladi Reuters xabarida.

Kiritildi: 15:06 19.08.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!