Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Evropa yetakchilari Ukrainaga oid tinchlik kelishuvini muhokama qilishda Yevropaning ham ishtirok etishi tarafdori ekanliklarini bildirishdi

Evropa yetakchilari Ukrainaga oid tinchlik kelishuvini muhokama qilishda Yevropaning ham ishtirok etishi tarafdori ekanliklarini bildirishdi

"Menimcha, bizga to‘rt tomonlama, ya’ni Ukraina-AQSH-Evropa-Rossiya shakiladigi uchrashuv kerak bo‘ladi, chunki xavfsizlik kafolatlari haqida gapirganda, biz butun Yevropa qit’asining xavfsizligi haqida gapiramiz", — dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni “eng avvalo” Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari muhokama qilinishi zarurligini ta’kidladi. Meloni Ukraina uchun NATO shartnomasining beshinchi moddasining muqobilini mumkin bo‘lgan kafolatlar majmuasi sifatida qo‘llab-quvvatladi.

Evrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Vashington va Bryussel “tarixdagi eng yirik savdo kelishuvini” imzolaganini eslatib, Qo‘shma Shtatlarni Rossiya tomonidan bosib olingan hududlaridagi ukrainalik bolalarni Ukrainaga qaytarishga ko‘maklashishga chaqirdi.

Trampning o‘zi esa tinchlik kelishuviga erishilishi mumkinligini aytdi, ammo bu borada yaqin orada aniqlik kiritilishini kutayotganini bildirdi. "Bir-ikki hafta ichida biz bu muammoni hal qila olamizmi yoki bu dahshatli janglar davom etadimi, aniq bilib olamiz", — dedi AQSh prezidenti.

Germaniya kansleri Fridrix Mers “Rossiya bilan jiddiy muzokaralar” faqat Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatgandan keyin boshlanishi mumkinligini, buning uchun esa Rossiyaga bosim o‘tkazish lozimligini ta’kidladi. Tramp esa bunga javoban, “biz taxminan oltita urushni to‘xtatdik, ularda o‘t ochishni to‘xtatish talab qilinmagan” — dedi.

Ommaviy axborot vositalari ishtirokidagi suhbatdan so‘ng siyosatchilar yopiq muzokara o‘tkazishdi, u qariyb ikki soat davom etdi.

Kiritildi: 12:16 19.08.2025. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!