Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Makron: "Zelenskiy va Putin uchrashuvi joyi yaqin soatlarda aniqlanadi"

Makron: "Zelenskiy va Putin uchrashuvi joyi yaqin soatlarda aniqlanadi"

Ukraina va Rossiya prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putinning ikki tomonlama uchrashuvi joyi yaqin soatlarda aniqlanadi.

Bu haqda Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron jurnalistlarga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Yevropa yetakchilari va AQSh prezidenti Donald Tramp muzokaralar davomida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilmoqda.

"Birinchi uchrashuvimizdan so‘ng Prezident Tramp va Prezident Putin o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi va avvalo Zelenskiy va Putin o‘rtasida yaqin soatlarda belgilanadigan joyda ikki tomonlama aloqa o‘rnatishga urinib ko‘rish, keyin esa Tramp, Zelenskiy va Putin ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishga qaror qilindi", dedi Makron.

Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Putin va Tramp telefon suhbati chog‘ida muzokaralarda ishtirok etuvchi “Ukraina va Rossiya tomonlari vakillari darajasini oshirish imkoniyatlarini” muhokama qilganini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 10:40 19.08.2025. O'qildi: 1082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!