Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy: "Rossiya AQSh orqali Ukraina bilan ikki tomonlama uchrashuvni talab qildi"

Zelenskiy: "Rossiya AQSh orqali Ukraina bilan ikki tomonlama uchrashuvni talab qildi"

Rossiya AQSh prezidenti Donald Tramp orqali Ukraina bilan ikki tomonlama, keyin esa AQSh bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishni talab qildi.

Bu haqda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Oq uydagi muhokamalardan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berish chog‘ida aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, Kiyev keyingi muzokaralar uchun shart sifatida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilmaydi.

"AQSh Rossiya tomoni bilan bog‘landi, ular qanday diplomatik qadamlar qo‘yish mumkinligini muhokama qilishdi. Va Rossiya avvaliga Ukraina va Rossiya o‘rtasida ikki tomonlama, keyin esa uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi. Ha, yaxshi, aytganimdek, biz yetakchilar darajasidagi har qanday formatga tayyormiz... Shuning uchun men ikki tomonlama uchrashuvga tayyor ekanligimizni tasdiqladim va barcha Yevropa yetakchilari meni qo‘llab-quvvatladilar", - dedi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari tafsilotlari 10 kun ichida ishlab chiqiladi, hududlar masalasi esa faqat Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilinadi.

Kiritildi: 10:20 19.08.2025. O'qildi: 911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!