Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yakshanba, 17 avgust kuni Bryusselga tashrif buyuradi.
Evropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayenning ma’lum qilishicha, u Zelenskiy bilan birgalikda «Ixtiyoriylar koalisiyasi» videokonferensiyasida ishtirok etadi.
Shuningdek, 18 avgust kuni Ursula fon der Lyayen AQSh prezidenti Donald Tramp va Yevropa yetakchilari ishtirokida Oq uyda o‘tadigan uchrashuvga qo‘shiladi.