Bugun 20 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ihlas Holding Qirg‘izistonda 10 mlrd dollarlik energitika loyihasiga imzo chekdi

Ihlas Holding Qirg‘izistonda 10 mlrd dollarlik energitika loyihasiga imzo chekdi

Turkiya shirkati bilan Qirg‘izistonda ikki yirik GES qurilishi bo‘yicha 20 yillik kafolat bilan 10 mlrd dollarlik kelishuv tuzildi.

Turkiyaning «Ihlas Holding» kompaniyasi tarkibidagi Orta Asya Investment Holding Qirg‘izistonda qiymati 10 mlrd dollar bo‘lgan strategik energiya loyihasiga imzo chekdi, deb xabar bermoqda TGRT Haber.

Qirg‘iziston Energetika vazirligi bilan tuzilgan kelishuv ikki yirik gidroelektrostansiya — Qazarman va Kokomeren GESlari qurilishini qamrab oladi. Umumiy quvvati 2217 MWga teng bo‘lgan inshootlar «qurish-boshqarish-topshirish» modeli asosida amalga oshiriladi.

Shartnomaga ko‘ra, loyiha 20 yil davomida davlat tomonidan valyuta asosida elektr energiyasini sotib olish kafolati, xalqaro arbitraj shartlari, bojxona va soliq imtiyozlari bilan ta’minlanadi.

Loyiha ilk bor o‘tgan yili Bishkekda Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ishtirokida yo‘lga qo‘yilgan edi. Yangi imzolar ikki mamlakat hukumatlari qo‘llovini yana bir bor tasdiqladi.

Qirg‘iziston Energetika vaziri Taalaybek Ibrayevning ta’kidlashicha, mamlakat oldin katta energetik qiyinchiliklarga duch kelgan, yangi loyiha esa yangi davr boshlanishidan dalolat beradi. «Ihlas Holding» boshqaruv raisi Ahmad Mujohid O‘ran esa Turkiyaning 1990-yillardagi tajribasiga tayanib, Qirg‘izistonda nafaqat stansiyalarni qurish, balki zamonaviy boshqaruv tizimini ham shakllantirish niyatda ekanini bildirdi.

Qazarman va Kokomeren GESlari Qirg‘izistonni mintaqaviy energiya koridorlarida muhim o‘ringa qo‘yadi. Loyiha «PowerChina International Group» va «SemArco LLP» hamkorligida amalga oshiriladi, moliyalashtirish uchun xalqaro fondlar va rivojlanish banklari katta qiziqish bildirgan.

Shuningdek, ijtimoiy majburiyatlar doirasida 5 yil mobaynida har oy ming nafar yetim bolaga moddiy yordam ko‘rsatish, aholiga bepul elektr yetkazish va soha mutaxassislarini tayyorlash uchun akademiya ochish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 17:34 17.08.2025. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!