Bugun 19 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Mutaxassis: 50 yoshdan oshgan erkaklar har yili kamida bir marta tibbiy tekshiruvdan o‘tishi lozim

Mutaxassis: 50 yoshdan oshgan erkaklar har yili kamida bir marta tibbiy tekshiruvdan o‘tishi lozim

🔎 Ba’zi xastaliklar organizmda sekin-asta va eng yomoni, yashirin belgilar bilan rivojlana boradi. Oqibatda kasallik kech bosqichda aniqlanib, bemorlarni davolash samaradorligi keskin pasayishi mumkin.
📌 Shunday patologiyalardan biri prostata bezi saratonidir.

👨🏻‍⚕️ Olimjon Imomov,
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim mudiri:

💬 — Xalqaro tadqiqotlarga ko‘ra, 2040 yilga borib, dunyoda bu dard bilan kasallanish ko‘rsatkichi 2 baravar, undan o‘lim darajasi esa 85 foiz (yiliga qariyb 700 mingta)ga ko‘payishi prognoz qilingan.

🩺 Chunki prostata bezi saratoni 40-50 yoshdan keyin rivojlana boshlaydi va asosan 65 yoshdan oshgan erkaklarda aniqlanadi. Bu holat kasallikning yaqqol belgilari kech bosqichda namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq.

‼️ Biroq keksa yoshli bemorlarda uni davolash og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi ehtimolini oshiradi.

⬇️ Prostata bezi saratonining 4 bosqichi mavjud.

💘-bosqich: o‘simta mikroskopik o‘lchamda bo‘ladi va uni ultratovush tekshiruvi yordamida aniqlab bo‘lmaydi. Tashxis jarayonida faqat prostata antigeni tahlili natija beradi. Mazkur bosqichda saraton alomatlari kuzatilmaydi, bemor o‘zini yaxshi his qiladi.

💘-bosqich: xavfli o‘sma tobora kattalashadi. Lekin prostata bezidan tashqariga chiqmaydi. Bunda kasallik o‘chog‘ini ultratovush tekshiruvi yordamida ko‘rish mumkin.

💘-bosqich: saraton prostatadan tashqarida rivojlana boshlaydi. Metastazlar qo‘shni organlar, masalan, qovuq va to‘g‘ri ichak bo‘ylab tarqaladi. Bunda qov va bel sohalarida og‘riq paydo bo‘ladi. Qon aralash peshob ajraladi, achishish hissi yuzaga keladi.

💘-bosqich: o‘simta yanada kattalashadi, metastazlar xastalik o‘chog‘iga qo‘shni bo‘lmagan organlar bo‘ylab ham yoyila boshlaydi.

🔎 Bemor o‘zini holsiz his qiladi, ko‘pincha mustaqil bavl qila olmaydi va buning uchun kateter o‘rnatiladi.

✅ Shu bois, 50 yoshdan oshgan erkaklarga har yili kamida bir marta tegishli tibbiy tekshiruvlardan o‘tishni tavsiya qilamiz.
🥙 Qolaversa, bu kasallikdan saqlanish uchun sog‘lom ovqatlanish qoidalariga amal qilish, jismoniy faollikni oshirish ham muhim.

‼️ Ayni paytda markazimizda prostata bezi saratoniga chalingan bemorlarni kam invaziv usullar yordamida davolash yo‘lga qo‘yilgan.

Kiritildi: 21:55 16.08.2025. O'qildi: 849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!