Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy agar kelishuvga rozi bo‘lmasa AQShda hibsga olinadimi?

Zelenskiy agar kelishuvga rozi bo‘lmasa AQShda hibsga olinadimi?

Ukrainani tark etgan Rada deputati Artem Dmitruk Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika yetakchisi Donald Trampning tinchlik shartlarini qabul qilmasa, AQShda hibsga olinishidan qo‘rqishini aytdi. Bu haqda Dmitruk o‘zining Telegram-kanalida yozgan.

Dmitrukning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy "Xohlovchilar koalisiyasi"ni o‘zi qaror qabul qila olmagani uchun tuzgan.

"Asosiy sabab boshqacha: Qo‘shma Shtatlarda u qonuniy asoslarda (agar kelishuvga rozi bo‘lmasa) hibsga olinishi va darhol bir nechta umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin", — deb yozadi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Tramp bilan uchrashish uchun AQShga uchib ketgani ma’lum bo‘lgandi. Bu haqda Oliy Rada deputati Yaroslav Jeleznyak ma’lum qildi.

"Xohlovchilar koalisiyasi" o‘t ochishni to‘xtatgandan so‘ng Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi. Assosiasiya a’zolari Trampning Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish majburiyatini yuqori baholadilar.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 1294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!