Bugun 19 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp: "Zelenskiy rozi bo‘lishi kerak, bu dahshatli urush, uning yo‘qotishi ko‘p"

Tramp: "Zelenskiy rozi bo‘lishi kerak, bu dahshatli urush, uning yo‘qotishi ko‘p"

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin unga mingdan ortiq ukrainalik harbiy asirlar ro‘yxatini taqdim etganini aytdi. U Fox News telekanaliga bergan intervyusida ushbu hujjat haqida gapirdi.

Unga ko‘ra, Rossiya prezidenti Ukraina ularni olishdan bosh tortayotganini ta’kidlagan. Putinning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev "ularni olishga rozi bo‘lishi kerak", dedi Oq uy rahbari.

Tramp, shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni mojarodagi yo‘qotishlarni tan olishga chaqirdi.

"Bilasizmi, prezident Zelenskiy rozi bo‘lishi kerak, bu dahshatli urush, uning yo‘qotishi ko‘p", dedi u.

AQSh prezidentining qo‘shimcha qilishicha, tinchlik kelishuvining kelajagi Ukraina rahbariga bog‘liq.

Kiritildi: 10:20 18.08.2025. O'qildi: 1195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!