Bugun 19 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Universitetlar kontrakt narxini oshira boshladi

Universitetlar kontrakt narxini oshira boshladi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab talabalar uchun shartnoma narxlarini 15 foizga oshirishini ma’lum qildi. Universitet matbuot xizmatiga ko‘ra, bu qaror asosan moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Ma’lum qilinishicha, JIDUda kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari mavjud emas. Shu sababli universitet byudjeti asosan kunduzgi ta’limdan tushadigan shartnoma mablag‘lariga tayanadi.

Yangi narxlar bo‘yicha 1–2-kurs talabalari uchun shartnoma 33,75 mln so‘m (stipendiyasiz) va 40,59 mln so‘m (stipendiyali) etib belgilandi. 3–4-kurslarda esa to‘lov miqdori 27,3 mln so‘mdan 34,14 mln so‘mgacha o‘zgarmoqda. Chet ellik talabalar uchun shartnoma narxi 38,4 mln so‘mdan 44,8 mln so‘mgacha belgilandi.

Magistratura bosqichida mahalliy talabalar 34,56 mln so‘m (stipendiyasiz) yoki 41,4 mln so‘m (stipendiyali) to‘laydilar. Chet ellik magistrlar uchun esa narx 44,8 mln so‘mdan 51,2 mln so‘mgacha belgilab qo‘yilgan.

Shu tariqa, universitet ta’kidlashicha, kontrakt miqdorining oshishi ta’lim jarayoni va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda zarur qadam hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgustidan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oshirilgan edi.

Kiritildi: 17:55 16.08.2025. O'qildi: 1121 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!