Prezidentning 05.03.2021 yildagi PQ-5020-sonli qaroriga (https://lex.uz/docs/5320582) muvofiq:
Har yili hokimliklar tomonidan o‘qishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar, jami 150 nafar xotin-qizlar mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan bazaviy to‘lov-kontrakt summasini to‘lab beriadi.
Qaysi toifadagi talaba-qizlar?
➖ “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalardagi xotin-qizlar;
➖ yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
➖ boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
❗️Shu toifaga kirsa ham, lekin:
➖ ikkinchi mutaxassislikda;
➖ O‘zbekistondagi xorijiy, xususiy OTMlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti to‘lab berilmaydi.