Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin bilan uchrashuvda hududiy almashinuvlar masalasi muhokama qilinadi - Tramp

Putin bilan uchrashuvda hududiy almashinuvlar masalasi muhokama qilinadi - Tramp

Tramp Putin bilan Rossiya va Ukraina o‘rtasida hududlar almashinuvi ehtimolini ham muhokama qilishini aytdi

AQSh prezidenti bu haqda Air Force One samolyotida Alyaskaga parvoz chog‘ida jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Putin bilan uchrashuvda hududiy almashinuvlar masalasi muhokama qilinadi, lekin men bu qarorni qabul qilishni Ukrainaga qo‘yib beraman. Ukrainaliklar to‘g‘ri qaror qabul qiladi, deb o‘ylayman", — dedi Tramp.

Qo‘shma Shtatlar prezidentining boshqa bayonotlari:

◾️ Agar Alyaskadagi sammitda Ukraina masalasida oldingi siljish bo‘lmasa, Rossiyani “og‘ir iqtisodiy oqibatlar” kutadi;

◾️ Men Kiyev nomidan muzokara olib bormoqchi emasman, u yerga hammani bir stol atrofida to‘plash uchun boryapman;

◾️ Men o‘z mamlakatim muammolariga e’tibor qaratishni istayman, ammo insonlarni hayotini saqlab qolish uchun Ukraina mojarosini hal qilishga aralashyapman;

◾️ Putin aqlli odam, shuning uchun Alyaskadagi sammitda qandaydir natijaga erishilishiga umid qilaman;

◾️ Rossiyaning Qo‘shma Shtatlar bilan iqtisodiy aloqalarga qiziqish bildirmoqda. Agar Ukraina masalasida ijobiy o‘zgarish bo‘lsa, Putin bilan biznes masalalarini muhokama qilishga tayyorman;

◾️ Ukrainaga “NATO formatida” xavfsizlik kafolatlari berish to‘g‘ri emas deb hisoblaymam. Kiyevga xavfsizlik kafolatlarini berish Yevropa va boshqa davlatlar ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.

Kiritildi: 20:55 15.08.2025. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!