Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Lukashenko bilan telefon orqali suhbatlashdi

Tramp Lukashenko bilan telefon orqali suhbatlashdi

AQSh prezidentining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, u Alyaskaga parvoz chog‘ida Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko bilan suhbat o‘tkazgan.

"Men hurmat qiladigan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan ajoyib suhbat o‘tkazdim. Qo‘ng‘iroqning maqsadi 16 nafar mahbusni ozod qilgani uchun unga minnatdorchilik bildirish edi. Biz, shuningdek, yana 1300 nafar mahbusni ozod etish masalasini ham muhokama qilyapmiz. Suhbatimiz juda yaxshi o‘tdi. Ko‘plab mavzular, jumladan, prezident Putinning Alyaskaga tashrifini ham muhokama qildik. Kelajakda prezident Lukashenko bilan uchrashishni intiqlik bilan kutaman", — deb yozdi Tramp.

Kiritildi: 20:45 15.08.2025. O'qildi: 948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!