Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Fransiyada Chavegrand pishloqlari sotuvdan olib tashlandi

Fransiyada Chavegrand pishloqlari sotuvdan olib tashlandi

Fransiyada listerioz infeksiyasi avj olgani sababli Chavegrand brendining bri va kamamber kabi mashhur yumshoq pishloqlari peshtaxtalardan olib tashlandi, deya xabar beradi Euronews.

Fransiya sog‘liqni saqlash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 34 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan 21 kishi pishloqdan zaharlangan. Ikki kishi vafot etgan.

Mutaxassislar bunday holatlar Chavegrand kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan pasterizasiyalangan sutdan tayyorlangan pishloqlarni iste’mol qilish bilan bog‘ligini aniqladilar.

Listerioz - kam uchraydigan, biroq o‘limga olib keladigan bakterial infeksiya. Ko‘pincha u ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish orqali yuqadi. Dastlabki alomatlar orasida isitma, mushak og‘rig‘i, diareya va titroq mavjud. Homilador ayollar, chaqaloqlar, qariyalar va immuniteti zaif odamlar xavf ostida.

Fransiya rasmiylari odamlarga pishloqni iste’mol qilmaslikni, agar iste’mol qilsalar, sakkiz haftagacha sog‘lig‘ini kuzatishni maslahat berdilar. Agar ularda isitma, bosh og‘rig‘i yoki titroq paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilishlari kerak.

Kiritildi: 20:15 15.08.2025. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!